Farg`onada 10 ta qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati vaqtincha to`xtatildi va 791 mln. so`m qo`shimcha kompensasiya to`lovlari hisoblandi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ma`lum qildi.
O`zbekiston tumani Sho`rsuv shaharchasi hududida atmosfera havosiga belgilangan me`yordan ortiq sanoat tashlamalarini chiqarayotgan 10 ta qurilish mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati chang ushlash filtrlarini talabga moslashtirish to`g`risidagi majburiy ko`rsatma bilan vaqtincha to`xtatildi.
Tibbiyot sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo`yicha 34 ta taqdimnoma kiritildi, 49 ta noqonuniy hujjatlar qonunlarga muvofiqlashtirildi, 181 nafar shaxs intizomiy, ma`muriy va moddiy javobgarlikka tortildi, 8 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi hamda 4 337 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.
1409 nafar yoshlarning ish bilan ta`minlanishida, 262 nafarining kasb - hunar va xorijiy tillarni o`rganish kurslarida o`qitilishida, 1037 nafariga bir martalik moddiy yordam ajratilishida ko`maklashildi.
Ayollar va Yoshlar daftarlariga kiritilgan 13 435 nafar xotin - qizlar va 11535 nafar yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo`llab - quvvatlashga doir ishlar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, prokurorlar sektorlaridagi “Temir daftar”ga kiritilgan 5 mingdan ziyod oilalarga har tomonlama ko`mak berilmoqda.






