AsosiyJamiyat

Fiskal huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo`llanilmaydi

'Fiskal huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar qo`llanilmaydi'ning rasmi

“Soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini maqbullashtirish to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-39-son, 26.02.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farmonga ko`ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarima quyidagicha miqdorida o`rnatildi:

  • huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda – realizasiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 foizi;
  • huquqbuzarlik moliyaviy jarima qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda – realizasiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 foizi.

Farmon kuchga kirgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo`llanilgan moliyaviy jarimalar bo`yicha mavjud qarzdorlikning 98 foizi hisobdan chiqariladi va hisobdan chiqarilgan qarzdorlikni undirish bilan bog`liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Soliq kodeksiga mazkur Farmondan kelib chiqib, tegishli o`zgartirishlar kiritilgunga qadar fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar va ma`muriy jazo choralari qo`llanilmaydi.

    Boshqa yangiliklar