AsosiyJamiyat

AQSh va Germaniyada “O`zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o`tkaziladi

'AQSh va Germaniyada “O`zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o`tkaziladi'ning rasmi

“Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-87-son, 26.02.2024 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko`ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish o`rinlari va zamonaviy kasblar bilan ta`minlash, shuningdek, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur (Zero Risk);  
  • mahalliy bozor uchun IT-xizmatlar ko`rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT-bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qo`llab-quvvatlash bo`yicha loyiha (Local to Global).

2024 yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT-xizmatlar bo`yicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yo`lga qo`yiladi.

Bunda, IT-park direksiyasiga mazkur xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar (filiallar) faoliyatini yo`lga qo`yish uchun 2027 yil 1 yanvargacha har bir vakolatxona (filial)ga yiliga 200 ming AQSh dollari ekvivalentigacha moliyalashtirish uchun mablag` yo`naltirishga ruxsat beriladi.

Xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda, shu jumladan 2024 yilda AQSh va Germaniyada “O`zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar