AsosiyJamiyat

“O`zbekiston-2030” strategiyasi: qayta tiklanuvchi energiya manbalari 2030 yilga qadar 25 ming MVt.ga etkaziladi

'“O`zbekiston-2030” strategiyasi: qayta tiklanuvchi energiya manbalari 2030 yilga qadar 25 ming MVt.ga etkaziladi'ning rasmi

“O`zbekiston-2030”strategiyasiga asosan mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari 2030 yilga qadar 25 ming MVt.ga hamda jami iste`moldagi ulushi 40 foizga etkaziladi, issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan 2010 yildagi darajadan 30 foizga qisqartirish kabi choralar ko`zda tutilgan. Bu haqda “Taraqqiyotstrategiyasi” markazi Senat, Jahon banki va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo`stlik masalalari va xalqaro taraqqiyot bo`yicha vazirligi bilan hamkorlikda o`tkazgan “O`zbekiston fuqarolarini tinglab” tadqiqotinatijalari: yashil iqtisodiyot va barqarorrivojlanishga o`tish” mavzusiga bag`ishlangan davra suhbatida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov ma`lum qildi.

Tadbirda Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan “O`zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi 6yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan loyiha ekanligi hamda bugungi kunda O`zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning fuqarolar hayotida qanchalik aks etayotganini o`rganib borayotgan tadqiqot loyihalaridan biri ekanligi ta`kidlandi. 

Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi katta iqtisodchisi Ikuko Uochi uchrashuv ishtirokchilarini “O`zbekiston fuqarolarini tinglab”tadqiqotining so`nggi natijalari bilan tanishtirdi.

Qayd etilishicha, har oylik so`rovnoma 2018 yildan beri o`tkazilib kelinmoqda hamda hozirda ushbu loyiha Buyuk Britaniya hukumatining moliyaviy ko`magida amalga oshiriliomoqda. Tadqiqot doirasida aholi farovonligining turli ijtimoiy- iqtisodiy ko`rsatkichlari baholanadi, shuningdek, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va turli o`zgarishlar, jumladan COVID-19 pandemiyasi, mehnat migrasiyasi kabilarni aholiga ta`siri yuzasidan jamoatchilik fikri o`rganib boriladi.

Tadqiqot so`rovnomasida mamlakat bo`ylab qishloq va shaharlardagi 1500 ga yaqin uy xo`jaliklari, 600 dan ortiq mahalla fuqarolar yig`inlari etakchilari ishtirok etadi. Tadqiqot davomida to`plangan ma`lumotlardan hukumat tomonidan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, kambag`allikni qisqartirish vafuqarolar farovonligini oshirish yo`lidagi tashabbuslar bo`yicha qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.

Ikuko Uochi o`z taqdimotida 2024 yil yanvar oyida o`tkazilgan “O`zbekiston fuqarolarini tinglab” tadqiqoti ma`lumotlari bilan o`rtoqlashdi. Unda aholining joriy iqtisodiy va mehnat bozori sharoitlari, narxlar o`sishi va inflyasiyaning respondentlar daromadlariga ta`siri, xususan, uy xo`jaliklarining moliyaviy ahvoli va ularning oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog`liq masalalar aholi tomonidan qanday qabul qilinayotganligi tahlili taqdimot qilindi. Shu bilan birga, ma`ruzachi mahalla fuqarolar yig`inlari rahbarlarining uy xo`jaliklarining moddiy ahvoli, ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yish borasidagi fikr-mulohazalari haqida ham ma`lumot berdi.

Jahon bankining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli 2030 yilga borib mamlakatda kamida 8 million kishi iqlimi yuqori xavfdagi hududlarda istiqomat qilishini ta`kidladi. Qayd etilishicha, iqlim o`zgarishiga moslashish choralarisiz, 2050 yilga kelib milliy iqtisodiyot iqlim o`zgarishi ta`sirisiz rivojlangandagi holatidan 10 foizga kichikroq bo`ladi. Bu bandlik va uy xo`jaliklari daromadining sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi.

“Jahon banki iqlim o`zgarishiga moslashish vamamlakatning yashil iqtisodiyotga o`tish jarayonini tezlashtirish bo`yicha siyosatni ishlab chiqish va aniqchora-tadbirlarni amalga oshirishda hukumatgamoliyaviy va tahliliy yordam ko`rsatadi. Bu chora-tadbirlar turli sohalarda suv va energiya resurslarini tejash, issiqxona gazlarichiqindilarini kamaytirish va qayta tiklanadiganenergiya ishlab chiqarishni o`z ichiga oladi“, - dedi Marko Mantovanelli.

 

 

    Boshqa yangiliklar