“Azimut” aviakompaniyasining Namangan – Moskva yo`nalishi bo`yicha parvozi
Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasining Toshkent vaqti bilan soat 05:10 da uchishi rejalashtirilgan A49086 (Namangan – Moskva) reysi texnik sabablarga ko`ra 10 soatdan ortiq vaqtga kechiktirildi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar berdi.
Reys yo`lovchilari aviakompaniya tomonidan mehmonxonaga joylashtirilgan va aeroportdan vaqtincha bo`lish joyigacha transport bilan ta`minlangan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, A49086 reysi 2024 yil 28 fevral Toshkent vaqti bilan soat 15:30 ga ko`chirilgan.






