Qashqadaryoda “Ai-80” markali benzin yoqilg`isini qo`lda qimmat narxda sotish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departamentning Qarshi shahar, Koson, Kasbi, Chiroqchi va Ko`kdala tumani bo`limlari tomonidan FVB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda 6 nafar fuqaro yong`in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida qimmat narxlarda “Ai-80” markali benzin yoqilg`isini chakana sotish bilan shug`ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 624 litr benzin yoqilg`isi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko`rilmoqda.






