AsosiyJamiyat

Din ishlari bo`yicha qo`mitaning Bekobod tumani mutaxassisiga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda

'Din ishlari bo`yicha qo`mitaning Bekobod tumani mutaxassisiga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bekobod tumanida hajga borish korrupsiya bo`lib ketgani to`g`risida xabarlar tarqaldi. 

Bu holatga Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati holatga munosabat bildirdi

Mazkur xabarni joylagan fuqaro 2016 yil Bekobod tumaniga haj ziyoratiga borish uchun ariza bergan va “Haj-2022” mavsumida karantin sababli 65 yosh chegarasi belgilangani uchun bora olmagani aniqlandi. Biroq turmush o`rtog`ining yoshi 65 dan kichik bo`lgani uchun 2022 yil haj ziyoratiga borib kelgan.

Shuningdek, fuqaro o`zidan keyin ariza bergan 2 nafar shaxsning hajga borib kelgani to`g`risida qilgan va`jiga asosan hozirda Din ishlari bo`yicha qo`mitaning Bekobod tumani mutaxassisiga nisbatan tuman prokuratura va tegishli tashkilotlar tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Xizmat tekshiruvi natijalari yuzasidan qonunda belgilangan tartibda chora ko`riladi.

Ma`lum qilinishicha, Bekobod tumanida 2014 yil 115 nafar, 2015 yil 161 nafar, 2016 yil 96 nafar fuqaro haj safari uchun navbatda turgani sabab “Haj-2024” yil navbati hali kelmagan.

    Boshqa yangiliklar