Joriy yilning 23 fevral kuni Buvayda tumanida yashovchi fuqaroga tegishli “Matiz” rusumli avtomashina Qo`qon shahar Turon ko`chasida joylashgan kafe oldidan olib qochilgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni 2005 y.t. O`zbekiston tumanida yashovchi L.T. sodir etganligi aniqlanib ushlandi.
Fuqarolardan avtomashinalarini ochiq va qarovsiz qoldirmaslik so`ralmoqda.






