AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lganlar orasida giyohvandlar soni 60 foizga ko`paygan

'O`zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lganlar orasida giyohvandlar soni 60 foizga ko`paygan'ning rasmi

So`nggi 20 yilda ko`p mamlakatlarda giyohvandlik vositalari bilan birga psixotrop va psixofaol moddalarni iste`mol qiluvchilarning soni oshib bormoqda. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, aksariyat davlatlarda giyohvandlik ijtimoiy halokat deya e`tirof etilgan. Ushbu illatning yoshlar orasida ommalashishi ayniqsa xavflidir – birdaniga jamiyatning ham hozirgi kuni, ham kelajagi yo`qolib, parchalanadi.

Yoshlar o`rtasida bu illatning ko`payib ketishini quyidagi hollar bilan tushuntirish mumkin:

  •  o`smirlarning har xil narsalarga qiziquvchanligi, tez ta`sirga beriluvchanligi;
  • ularning ushbu kasallik tufayli kelib chiqayotgan asoratlarni bilmasligi;
  • aholi orasida giyohvand vosita yoki giyohvandlik kasalligi to`g`risidagi axborotlarning kamligi va boshqalar.

Ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi besh yilda respublika hududida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta`sir qiluvchi vositalar noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar orasida yoshlar 74 foizga (shu jumladan, talabalar 21 foizga, maktab o`quvchilari 6 barobarga) oshgan. Narkologik hisobga olingan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan giyohvandlik vositalari iste`molchilari 60 foizga ko`paygan.

    Boshqa yangiliklar