AsosiyJamiyat

Qalandar baxshi 73 yoshida vafot etdi

'Qalandar baxshi 73 yoshida vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston xalq baxshisi Qalandar baxshi (Ro`zimboy Normatov) 73 yoshida vafot etdi. Bu haqida Madaniyat vaziriligi xabar bermoqda.

Xorazm baxshichilik, dostonchilik maktabining yirik nomoyondalaridan biri bo`lgan Ro`zimboy (Qalandar baxshi) Normatov 1951 yil 15 iyunda Xorazm viloyati, Shovot tumanida tavallud topgan. U 1990-yil Toshkent davlat madaniyat institutini tamomlagan. 

Qalandar baxshi xalq ijodiyotining an`anaviy xalq termalari, dostonlari, xalfa qo`shiqlari va masxarabozlik yo`nalishlarini o`z ichiga qamrab olgan "Avazxon" folklor etnografik xalq ansambli badiiy rahbari sifatida ko`p yillar faoliyat yuritgan. 

Qalandar baxshi qadimiy dostonlardan "Oshiq G`arib va Shohsanam"," Tohir va Zuhra", "Oshiq Mahmud"," Sayotxon va Hamro", "Go`ro`g`li" dostonlari turkumiga kiruvchi "Baziryon", "Avazxon", "Xirmondal" kabi qator dostonlarini kuylash bilan birgalikda, bizgacha faqat mazmunlari orqaligina etib kelgan qadimiy "Yusuf Ahmad" dostonining qayta tiklanib ijro etilishiga munosib hissa qo`shgan.

2001 yilda baxshichilik sohasidagi mehnatlari uchun “O`zbekiston xalq baxshisi” unvoni bilan taqdirlangan.

Darakchi.uz jamoasi marhumning oila a`zolariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

    Boshqa yangiliklar