AsosiyDunyo

Qozog`iston chegara punktlarining ish vaqtini o`zgartirdi

'Qozog`iston chegara punktlarining ish vaqtini o`zgartirdi'ning rasmi

Qozog`iston davlat chegarasini kesib o`tuvchi shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Milliy xavfsizlik qo`mitasi chegara xizmati tomonidan avtomobil o`tkazish punktlarining ish reglamentiga o`zgartirishlar kiritildi, deb xabar berdi departament matbuot xizmati.

Endilikda Rossiya bilan:

“Naiza”, Pavlodar viloyati;

“Koyanbay”, Abay viloyati;

"Baitanat", Abay viloyati;

Xitoy bilan:

"Nur yo`li", Jetisu viloyati;

"Do`stlik", Jetisu viloyati;

"Koljat", Olmaota viloyati;

"Baxti", Sharqiy Qozog`iston viloyati;

"Maykapchag`ay", Sharqiy Qozog`iston viloyati;

Qirg`iziston bilan:

"Kegen", Olmaota viloyati.

2024 yil 1 martdan boshlab mazkur nazorat-o`tkazish punktlari soat 07:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

O`zgartirishlar 2000 yil 23 noyabrdagi 1749-sonli Hukumat qaroriga muvofiq 2024 yil 1 mart soat 00:00 dan butun Qozog`iston bo`ylab yagona vaqt mintaqasi o`rnatilishi munosabati bilan kiritilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar