AsosiyJamiyat

3 mart uchun ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'3 mart uchun ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

Bugun, 3 mart kuni Toshkentda havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lib, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo`ladi.

 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.  

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.  

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lib,  tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.  

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.  

 

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12  metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo`ladi.  

 

Respublikaning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda qor yog`ib, tuman tushishi kutilmoqda. Xavfli qor uyumlari bo`lishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.  

    Boshqa yangiliklar