Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“O`zbekiston – 2030“ strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo`llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 13-maqsadi — Aholining o`rtacha umr davomiyligini oshirish doirasida:
- Aholi o`rtasida surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Shu maqsadda:
- 18-40 yoshli 12,6 mln nafar aholi profilaktik ko`rikdan o`tkaziladi va natijalariga ko`ra fuqarolar sog`lomlashtiriladi;
- xavf guruhiga mansub aholi reja asosida flyuorografiya tekshiruvlaridan o`tkaziladi.






