Kecha, 2 mart kuni O`zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Antaliya shahrida (Turkiya) uchinchi Antaliya Diplomatik forumida uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Rossiya TIV xabar berdi.
Qayd etilishicha, tomonlar Rossiya-O`zbekiston munosabatlarining ayrim dolzarb masalalarini muhokama qildilar, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar, jumladan, MDH va ShHT doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.
Lavrov va Saidov ikki davlat rahbarlarining kelishuvlariga muvofiq Rossiya va O`zbekiston o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikning yuqori dinamikasini ta`minlashga sodiq ekanligini tasdiqladi.






