AsosiyJamiyat

Farg`onadagi xonadondan 51 yoshli erkak va uning ikki farzandining jasadi chiqdi

'Farg`onadagi xonadondan  51 yoshli erkak va uning ikki farzandining jasadi chiqdi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Beshariq tumanida bir oilaning uch a`zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi darakchi.uz’ga ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 1 mart kuni Besharik tumani Obodon ko`chasida yashagan 1973 yilda tug`ilgan erkak va uning ikki nafar (12 yoshli qizi va 11 yoshli o`g`li) farzandi yashash xonadonida is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Ko`zdan kechirish davomida marhumlar istiqomat qilgan xonadonda nostandart qo`lbola isitish pechidan foydalanilgani aniqlangan.

Hozirda marhumlarning o`limi bo`yicha sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar