Kecha Misr hukumati tomonidan S gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining navbatdagi partiyasi O`zbekistonga etkazib berildi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.
Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo`lgan jami 800 ming dona C gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir", B gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarining berilishi bo`yicha kelishuvga erishilgan edi.
Hozirgi kunga qadar vazni 13,4 tonnaga teng bo`lgan mazkur dori vositalari Misrdan mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.






