AsosiyJamiyat

Namanganda Damas yonib ketdi

'Namanganda Damas yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 3 mart kuni Namanganda Damas yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, soat 12:26 da Namangan shaxarFVBga Yangi Namangan tumani “Ishonch” MFYdajoylashgan avtomabillarga texnik xizmat ko`rsatish ustaxonasiga ta`mirlash uchun olib kelingan Damas rusumli avtomobilida yong`in sodir bo`layotganligi haqida ko`chadan o`tib ketayotgan fuqarolar tomonidan xabar berilgan.

Yong`inni ustaxona ishchilari va yon atrofdagi fuqarolar bilan bartaraf etilgan. Sodir bo`lgan yong`in yuzasidan qutqaruvchilarga xabar o`z vaqtida bormagan va voqeada kuyib tan jarohati olganlar yo`q.

Hozirda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar