AsosiyJamiyat

6 yoshli otasiz o`sgan bola otasini ko`rganda undan qo`rqmoqda (video)

'6 yoshli otasiz o`sgan bola otasini ko`rganda undan qo`rqmoqda (video)'ning rasmi

Sirdaryoda otasidan qo`rqayotgan bolakay nevrozga chalingani, unga mutasaddilar yordami kerakligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, agentlikning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan holatni o`rganish va nazoratga olish maqsadida ishchi guruh tashkil etilgan. Ishchi guruh tarkibiga mahalla fuqarolar yig`ini raisi, viloyat asab va ruhiy kasalliklar dispanseri psixiatrlari, viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot shifokorlari jalb etilgan.

Dastlabki o`rganish davomida aniqlanishicha, Sirdaryo tumani “Quyosh” MFYda yashovchi 2018 yilda tug`ilgan R.A. 2020 yildan ota-onasining qarmog`isiz qolib ketgan. Bola 2020 yildan bola vaqtincha bobosi va buvisining uyida yashagan.

Oradan 3 yil o`tganidan so`ng bola Sirdaryo tumani hokimining 2023 yil 15 iyundagi qarori bilan “Vasiylik va homiylik to`g`risida”gi qonuni 10-19-21-moddalari hamda “Quyosh” MFY tomonidan tuzilgan dalolatnomaga asoslangan holda tog`asiga vasiylikka berilgan.

O`rganish davomida voyaga etmagan shaxs psixiator va nevropotolog ko`rigidan o`tkazildi va uning ruhiy holati yaxshi ekani, atrofdagilar bilan muloqotga oson kirishayotganligi kuzatildi.

Ammo shifokorlarning xulosalariga ko`ra, unda situasion nevroz, ya`ni otasi bilan uchrashgan vaqtida bolaning ruhiyatida salbiy o`zgarishlar sodir bo`lgani qayd etildi. Yuzaga kelgan holatni oldini olish maqsadida shifokorlar xulosasiga tayangan holda sud tomonidan ota va bolaning ko`rishish ishini vaqtincha to`xtatish taklifi bildirilgan.

    Boshqa yangiliklar