Ijtimoiy tarmoqlarda o`qituvchidan qo`rqib, o`quvchi hushidan ketib qolgani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi. Ma`lum qilinishicha, Paxtakor tumanidagi 9-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabida sodir bo`lgan ushbu hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.
Aniqlanishicha, 1-sinf rahbari S.S. (ayol) imtihon olgan vaqtida, qoniqarsiz baho olgan o`quvchilarni doska yoniga chiqarib, ularga tanbeh bergan vaqtida, shu sinf o`quvchisi o`zini tuta olmasdan yiqilib tushgan.
Tekshiruv harakatlari Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.






