AsosiyJamiyat

Endi har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko`chat kompensasiya qilinadi

'Endi har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko`chat kompensasiya qilinadi'ning rasmi

AOKAda Bosh prokuratura mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va o`rmon xo`jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi yuzasidan prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berildi.

Daraxtlar kesilishiga e`lon qilingan moratoriy ijrosini o`rganish bo`yicha tashkil etilgan nazorat tadbirlari davomida 4 190 ta noqonuniy daraxt kesish holati aniqlanib, har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko`chatni kompensasiya tarzida ekish majburiyati yuklanishi va davlat ixtiyoriga 8,7 mlrd. so`m undirilishi ta`minlandi.

Shuningdek, ijaradagi 67 778 gektar o`rmon fondi er maydonlari xatlovdan o`tkazilib, 17 ta noqonuniy qaror bekor qilindi hamda noqonuniy egallangan 1 577 gektar er maydoni o`rmon fondi hisobiga qaytarildi, jiddiy qonun buzilishi holatlari yuzasidan 24 ta jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Nazorat tadbirlarida 65,7 mlrd. so`mlik 215 ming metr kub noruda foydali qazilmalar noqonuniy qazilganligi holatlari yuzasidan 45 ta jinoyat ishi qo`zg`atilib, tabiatga etkazilgan 7,1 mlrd. so`m zarar va 34,8   mlrd. so`m kompensasiya   to`lovlari undirildi.

Tadbirlar davomida daryolarning muhofaza zonalarida 744 ta noqonuniy chiqindi tashlash joylari bartaraf etilib, suv havzasi mintaqalari 17 200 tonna chiqindidan tozalandi.

Hozirda qayd etilgan daryolar o`zanlarida qonun buzilishlarni oldini olish maqsadida videokuzatuv kameralari o`rnatish ishlari amalga oshirilib, onlayn   nazorat joriy qilinmoqda.


 

 

    Boshqa yangiliklar