AsosiyDunyo

Dunyo aholisining sakkizdan bir qismi semizlikdan aziyat chekmoqda

'Dunyo aholisining sakkizdan bir qismi semizlikdan aziyat chekmoqda'ning rasmi

Butun sayyora bo`yicha 1 milliarddan ortiq odam semirishdan aziyat chekmoqda. Bu — Er shari aholisining har sakkiz nafardan biri degani. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.  

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti hisob-kitobiga ko`ra, mazkur ko`rsatkich 1990 yilga nisbatan ikki baravar ko`p.  

Shuningdek, eng yuqori o`sish dinamikasi yoshlar o`rtasida qayd etilyapti. Xususan, dunyo bo`yicha 5 yoshdan 19 yoshgacha bo`lgan bolalar hamda o`smirlar orasida semirish holatlari to`rt baravardan ko`proq oshgan.

JSST rahbari Tedros Gebreyesus fikricha, bu global muammoning eng oqilona echimi — sog`lom turmush tarzi. To`g`ri ovqatlanish va jismoniy faollik orqali ortiqcha vazndan xalos bo`lish hamda semizlikning oldini olish mumkin. Shunda, o`z-o`zidan yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va saratonga chalinish holatlari ham keskin kamayadi.

    Boshqa yangiliklar