AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda rahbar 1,2 mlrd so`mni o`zlashtirdi

'Qashqadaryoda rahbar 1,2 mlrd so`mni o`zlashtirdi'ning rasmi

Ko`kdala tumanida 1,2 mlrd so`m kredit mablag`ini naqdlashtirib olgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Ko`kdala tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.F.” MChJ rahbari X.X. ish yurituvchisi A.Ya. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 1,5 mlrd so`m kredit mablag`lari evaziga shartnomada ko`rsatilgan qurilish mollari va temir-beton mahsulotlarini sotib olmasdan ushbu mablag`larning 1,2 mlrd so`mini “U.Q.” MChJga o`tkazish orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar