AsosiyDunyo

Tvitterning sobiq rahbarlari Ilon Maskni sudga berishdi

'Tvitterning sobiq rahbarlari Ilon Maskni sudga berishdi'ning rasmi

Tvitterning sobiq rahbarlari Ilon Maskni 128 million dollardan ortiq pul undirish maqsadida sudga berishdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Unda aytilishicha, Ilon Maskka da`vogarlar ro`yxatida  Tvitterning to`rt nafar sobiq top-menejerlari, jumladan, sobiq bosh direktor Parag Agraval, sobiq moliya direktori Ned Segal, sobiq bosh maslahatchi Shon Edgett, va sobiq bosh huquqshunos Vijaya Gadde bor.

San-Fransiskodagi federal sudga berilgan da`voga  milliarder 2022-yil oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olib, keyinchalik uning nomini X deb o`zgartirganidan so`ng duch kelgan bir qator huquqiy muammolar sabab qilib ko`rsatilgan. Aniqrog`i, Mask ijtimoiy tarmoqni sotib olgandan keyin sobiq rahbarlarni ishdan bo`shatgan, ammo ularga ishdan bo`shatilganlik uchun nafaqa to`lamaganlikda ayblanmoqda.  

"Mask da`vogarlarga ishdan bo`shatilganlik uchun nafaqa to`lashni xohlamasligiga qaror qilganligi sababli, u ularni shunchaki sababsiz ishdan bo`shatdi, so`ng soxta sabablar uydirdi va qarorini tasdiqlash uchun turli kompaniyalari xodimlarini tayinladi", deyiladi da`vo arizasida.  

Bunga qarshi Ilon Mask ham ishdan bo`shatilgan rahbarlarga pul to`lashi shart emasligini da`vo qildi. Unda aytilishicha, har bir da`vogar "qo`pol beparvolik" va "qasddan noto`g`ri xatti-harakatlar" sodir etganligini da`vo qilgan, ammo buni tasdiqlovchi biron bir faktni keltirmagan

Agentlikka ko`ra, hozirda Mask va X bu ish bo`yicha jamoatchilikka hech qanday izoh bermagan. Maskning qonuniy vakili, advokat Aleks Spiro ham izoh so`rovini darhol qaytarmagan

    Boshqa yangiliklar