AsosiyJamiyat

Oliy sud tomonidan taqiqlangan manbalar ro`yxati e`lon qilindi

'Oliy sud tomonidan taqiqlangan manbalar ro`yxati e`lon qilindi'ning rasmi

2019 yildan hozirga qadar Oliy sudning 80 dan ziyod hal qiluv qarori asosida 1 000 dan ortiq manbaa taqiqlangan.

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 2019-2024 yillarda internet jahon tarmog`idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan deb topilgan hamda O`zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manbaa va kontentlar (materiallar) ro`yxati e`lon qilindi.

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidovning ma`lum qilishicha, buzg`unchilik va vayronakorlikni targ`ib qiluvchi manba va materiallarni sud tartibida taqiqlash amaliyoti xorijiy davlatlarda ham keng qo`llaniladi.

Qayd etilishicha, diniy aqidaparastlik, ekstremistik va terroristik mazmundagi materiallar joylashtirilgan internet nashrlar, kanallar, sahifalar, profillarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo`yish yuzasidan mas`ul tashkilotlar bilan hamkorlik yo`lga qo`yilgan.

Ta`kidlanishicha, bunday jinoiy qilmishlarga nisbatan amaldagi qonunchilikda qat`iy javobgarlik belgilab qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar