Kolumbiyada o`zga sayyoralikka o`xshagan noodatiy mumiya topildi. Bu haqida Zamon.uz xabar berdi.
Uning cho`zilgan bosh suyagi, qiya ko`zlari va g`ayritabiiy sondagi qovurg`alari bor.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari mumiya sirli chililik "Atakama skeleti" ga o`xshashligini ta`kidlashdi. Taxminan 15 sm hajmdagi mumiya 2003 yilda tashlandiq La Noriya qishlog`ida topilgan. Shuningdek, u cho`zilgan bosh suyagi va inson uchun odatiy bo`lmagan miqdordagi qovurg`alarga ega edi. Fotosuratlar e`lon qilingandan so`ng, mumiya o`zga sayyoralik yoki noma`lum inson zotiga mansub degan mish-mishlar tezda tarqala boshladi.
Mustaqil ekspertlarning ta`kidlashicha, mumiyaning ko`rinadigan kindik ichakchasi bor va tananing o`zi inson homila qoldiqlariga mos keladi. Boshning tepa qismidagi suyak «bo`g`imi» qandaydir nuqson borligini ko`rsatadi.






