Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 8 mart kuni ayollar uchun avtobuslar bepul bo`lishi haqida xabarlar tarqaldi.
“Toshshahartransxizmat” ushbu xabarlar asossiz va mutlaqo yolg`on ekanligini bildirdi.
“Mazkur xabar tarqatilgan guruh admini bilan bog`lanib, ushbu yolg`on axborotni bartaraf etishlarini so`rashimizga qaramasdan, mazkur guruh keng jamoatchilikka ushbu yolg`on axborotni etkazishda davom etmoqda.
Shu o`rinda axborot tarqatish qoidalarini buzayotgan ushbu guruhga mas`ul tashkilotlardan belgilangan tartibda chora ko`rishlarini, shuningdek, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asoslanmagan, yolg`on axborotlarni tarqatmasliklarini so`rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.






