O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 6 mart kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo`yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o`tkazdi.
"O`zbekiston 2030" strategiyasining borishi va uni joriy yilda amalga oshirish bo`yicha Davlat dasturining ijrosi ko`rib chiqildi. O`zbekistonning JSTga kirish bo`yicha muzokaralar jarayoni doirasidagi ishlarni faollashtirish, jumladan, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni tashkilot talablariga uyg`unlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Ichimlik suvi ta`minoti, maktablar infratuzilmasini yaxshilash, onkologik kasalliklarning oldini olish, davlat xizmatida sifatni oshirish va raqobatni ta`minlash borasidagi loyihalar bo`yicha aniq amaliy choralarni davom ettirish zarurligi ta`kidlandi.
Uchrashuvda O`zbekistonning investisiyaviy jozibadorligini oshirish, jumladan, investorlar huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish masalasiga e`tibor qaratildi. Shu ma`noda, maslahatchi ilg`or xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda tijorat nizolarini hal qilishning aniq mexanizmlarini taklif etdi.






