AsosiyJamiyat

Minitraktorlarni olib kirishda bojxona boji nol stavkada qo`llaniladi

'Minitraktorlarni olib kirishda bojxona boji nol stavkada qo`llaniladi'ning rasmi

“Online-mahalla” platformasining Aholi tomorqasi” moduliga tomorqa er egalari tomonidan etishtirilayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari, xonadonda mavjud issiqxonalar hamda tomorqadan samarali foydalanish to`g`risidagi ma`lumotlar har 6 oyda  (aprel, oktyabr oylarida) kiritiladi. Bu haqida Prezidentning “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo`jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to`g`risida”gi Qarorida belgilangan.

Unga ko`ra, Fermer, dehqon xo`jaliklari va tomorqa er egalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasining resurslari hisobidan ajratiladigan kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) quyidagicha beriladi:

  • chorvachilik (qoramol, qo`y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish va “dala do`konlari”ni qurish uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga;

 

  • bog`dorchilik (ko`chatchilik), uzumchilik (tok so`risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo`jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, ko`chma muzlatkichlarni o`rnatish, artezian quduqlarini qazish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga.

 Shuningdek, 2027 yil 1 yanvargacha  motokultivatorlar (TIF TN kodi – 8432 29 100 0), bir o`qli traktorlar (TIF TN kodi – 8701 10000 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 94 100) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari belgilanadi.

    Boshqa yangiliklar