O`zbekistonning BMT vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi yangi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov Jenevaga etib keldi va o`z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
Tayinlovga qadar O`zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi kotibiyati rahbari lavozimida ishlagan.
U 41 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini va Toshkentdagi Vebster universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida (hozirgi Investisiya, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan. 2008 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligida ishlagan va O`zbekistonning Jenevadagi doimiy vakolatxonasida attashelikdan maslahatchigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tgan.
2017−2019 yillarda Tashqi ishlar vaziri yordamchisi, uning kotibiyati boshlig`i, Tashqi ishlar vazirligi Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig`i bo`lgan. U 2022 yildan buyon Senat raisi kotibiyatini boshqarib kelayotgae edi.
Eldiyor Toshmatov 2023 yil avgustidan buyon Jenevada O`zbekistonning Nyu-Yorkdagi BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan Ulug`bek Lapasov o`rnini egalladi.






