Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, 2022/2023 o`quv yili boshiga O`zbekiston Respublikasida oliy ta`lim tashkilotlarining bakalavriat yo`nalishiga 134 217 nafar xotin-qizlar qabul qilingan.
Qabul qilingan xotin-qizlar soni sohalar bo`yicha quyidagicha:
Ta`lim – 65 065 nafar;
San`at va gumanitar fanlar – 14 286 nafar;
Biznes, boshqaruv va huquq – 11 741 nafar;
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 10 291 nafar;
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 10 167 nafar;
Sog`liqni saqlash va ijtimoiy ta`minot – 8 487 nafar;
Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 4 428 nafar;
Qishloq, o`rmon, baliqchilik xo`jaligi va veterinariya – 4 027 nafar;
Xizmatlar – 2 971 nafar;
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 2 754 nafar.






