Ishtirokchi shaharlar — Qo`qon, Zarafshon, Termiz, Yangibozor va Bo`stonda amalga oshirilgan ishlar taqdimot qilindi.
Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, ekologik muammolarni hal etish, IT-kasblarga jalb qilish, nogironligi bo`lgan bolalar bandligini ta`minlashda mahalliy hokimlik va yoshlar birgalikda harakat qildi.
Loyiha ikki yil mobaynida Shveytsariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi moliyaviy ko`magi bilan “Yuksalish” harakati, UNICEF bolalar jamg`armasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o`tkazildi.






