AsosiyJamiyat

Amudaryo tumanida sodir bo`lgan YTHda 4 kishi tiriklay yonib ketdi (video)

'Amudaryo tumanida sodir bo`lgan YTHda 4 kishi tiriklay yonib ketdi (video)'ning rasmi

Kecha, 11 mart kuni Amudaryo tumanida "G`uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu" yunalishida 24 yoshli haydovchi boshqaruvida bo`lgan  "Cobalt" YTHga uchrab, yonib ketdi. Bu haqda “darakchi.uz” xabar qilmoqda. 

Ma`lum bo`lishicha, haydovchi boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`lga chiqib ketgan va "Volvo" rusumli yuk mashinasiga urilgan. Natijada "Cobalt" ichida bo`lgan haydovchi va yana uch nafar yo`lovchi voqea joyida vafot etgan.

Sodir bulgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar