AsosiyJamiyat

Chet tilini mukammal biladigan 10 ming nafar yoshga ehtiyoj bor

'Chet tilini mukammal biladigan 10 ming nafar yoshga ehtiyoj bor'ning rasmi

Bugunning o`zida chet tilini yuqori darajada biladigan 10 ming nafar yoshlarga ehtiyoj bor. Yil oxirigacha bu ehtiyoj 70 mingdan oshishi kutilmoqda. 

Bu haqda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda ma`lum qildi va jamoatchilikdan bu borada yordam so`radi.

“Afsuski, bugungi kunda yoshlarning ko`pchiligida chetga ketib ishlash fikri o`rnashib qolgan. Ular o`z Vatani, yaqinlari oldida turib ham daromad topish imkoniyatlari haqida bilishmayapti.

Bilasiz, bugun xorijiy til xalqaro sertifikatini olgan yoshlarning imtixon xarajatlari Davlat tomonidan to`liq qoplab berilyapti, ingliz tilini biladiganlarga esa IT sertifikat olish xarajatlari ham 100 foiz qoplab berilyapti. Lekin bu imkoniyatlardan foydalanayotgan yoshlar ko`p emas”, - dedi vazir.

Ta`kidlanishicha, ayni paytda O`zbekistonga kirib kelgan chet elning yirik kompaniyalarida faoliyat yuritib, 4-5 ming AQSh dollari miqdorida maosh olayotgan yoshlar bor.

"Biz chet mamlakatlarga borib O`zbekistonning IT imkoniyatlarini targ`ib qilyapmiz. Ular yurtimizga kirib kelganidan so`ng esa bizga chet tillarini mukammal biladigan yoshlar kerak. Ahamiyatli tomoni, IT eksporti kompaniyalarda ishlash uchun faqatgina dasturchi bo`lish shartmas, boshqa ko`plab masofadan ko`rsatish mumkin bo`lgan xizmatlar bor. Bu juda imkoniyati keng soha, ushbu kompaniyalarda ishlash uchun chet tilini bilish, biroz salohiyat va harakat kifoya",— deya qayd etdi vazir.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Vazir jurnalistlardan ana shunday imkoniyatlarni yoshlar orasida targ`ib qilishda yordam so`radi.

Xorijiy til sertifikati mavjud yoshlar bo`lsa, so`rovnomani to`ldirib, o`zlari haqidagi ma`lumotlarni qoldirishlari, ularni ishga joylashtirishda yordam berilishi ta`kidlandi.

 

    Boshqa yangiliklar