AsosiyJamiyat

YTH oqibatida og`ir tan jarohat olganlar bor

'YTH oqibatida og`ir tan jarohat olganlar bor'ning rasmi

Bugun, 2024 yil 18 mart kuni soat 10:30lar atrofida Buxoro viloyati, Kogon tumani hududidan o`tuvchi A-380b avtomobil yo`lining 32-kilometri hamda 4R-69 avtomobil yo`lining 6-kilometri kesishgan, tartibga solingan chorrahada 1991 yilda tug`ilgan haydovchi O.Sh. boshqaruvida bo`lgan avtobus hamda 1984 yilda tug`ilgan haydovchi M.M. boshqaruvida bo`lgan yuk avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Bu haqda yo`l harakati xavfsizlik xizmati xabar berdi.

YTH natijasida bir nafar avtobus yo`lovchisi og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, bir nafar yo`lovchi tan jarohati olgan bo`lib, 25 nafar yo`lovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

YTH yuzasidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tafsilotlar yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar