AsosiyJamiyat

Alisher Qodirov o`qishga kirolmagan barcha o`g`il bolalarni armiyaga majburiy jo`natishni taklif qildi

'Alisher Qodirov o`qishga kirolmagan barcha o`g`il bolalarni armiyaga majburiy jo`natishni taklif qildi'ning rasmi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov o`g`il bolalarni maktabdan so`ng majburiy harbiy xizmatga jalb qilishni taklif qildi. Bu haqda uning o`zi telegram sahfasida gapirib o`tdi. 

“Maktabni tugatgan, o`qishga kirganlardan tashqari barcha o`g`il bolalarni to`lovlarsiz, bir yillik majburiy harbiy xizmatga jalb qilish lozim. Tartib va mas`uliyatni maktab va harbiy xizmatda o`rgatmasak, qamoqxonada hech qachon o`rgatib bo`lmaydi”, - deydi deputat. 

Uning qayd etishicha, 124 ming o`quvchi sababsiz maktabga kelmagani aniqlangan. Ta`kidlanishicha, 3 ming nafar ota-ona Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasi bilan jarimaga tortilgan.

"Tarbiya masalasida keskin qarorlardan qochmaslik kerak. O`zbekistonni erkinlikni hadsizlik deb biladigan, atlas kostyum xunasalar emas, o`z qadrini biladigan, tafakkur qiladigan o`g`il-qizlar rivojlantiradi.

Nafaqat O`zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda bog`cha va maktab milliy xavfsizlik masalasiga aylangan. Uni nafaqat Milliy gvardiya, balki, butun jamiyat qo`riqlashi kerak", - deydi u.

    Boshqa yangiliklar