AsosiyDunyo

Pokistondagi ko`mir konida kuchli portlash yuz berdi

'Pokistondagi ko`mir konida kuchli portlash yuz berdi'ning rasmi

Balujiston viloyatidagi ko`mir konida portlash yuz berdi, oqibatda 12 kishi halok bo`ldi. Bu haqida Zamon.uz xabar bermoqda.

Portlash bir kun avval shaxtada metan to`planishi natijasida sodir bo`lgan. Qoyatosh qulaganda 20 nafar konchi er ostida qolib ketgan.

Chorshanba kuni ertalab konda qutqaruv operasiyasi yakunlandi. Sakkiz nafar konchi qutqarilib, kasalxonaga yotqizilgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Venesuelada ochiq shaxtaning qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo`lgani xabar qilingandi. Karerda oltin noqonuniy qazib olingan.

    Boshqa yangiliklar