AsosiyJamiyat

O`zbekistonda og`ir atletika sport turi yanada rivojlantiriladi

'O`zbekistonda og`ir atletika sport turi yanada rivojlantiriladi'ning rasmi

“Og`ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-137-son, 20.03.20224 y.) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko`ra, 2024 yildan har yili an`anaviy tarzda quyidagilar o`tkaziladi:

  • og`ir atletika va parapauerlifting bo`yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati;
  • og`ir atletika va parapauerlifting bo`yicha “Uzbekistan Open”

 O`zbekiston ochiq chempionati;

  • og`ir atletika bo`yicha Xalqaro og`ir atletika federasiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan 

yosh toifalari bo`yicha uch bosqichli (tuman/shahar, viloyat va respublika) chempionatlar va kuboklar;

  • og`ir atletika va parapauerlifting bo`yicha davlat sport-ta`lim muassasalari o`rtasida O`zbekiston chempionati musobaqasi.
  •  Sport vazirligi huzurida o`z faoliyatini 2025/2026 o`quv yilidan boshlovchi Og`ir atletika markazi(Markaz) tashkil etiladi.

2024 yil 1 sentyabrgacha

  •  olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi og`ir atletika bazalarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlanadi va keyinchalik muntazam ravishda maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar) va boshqa zarur vositalar bilan ta`minlab boriladi.

 2024 yil 1 sentyabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va o`smirlar sport maktabining  Qoraqalpog`iston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablari ochiladi va ushbu maktablarda og`ir atletika sport turini rivojlantirishga alohida e`tibor qaratiladi.

    Boshqa yangiliklar