AsosiyJamiyat

Bir nechta onlayn davlat xizmatlarini ko`rsatish vaqtinchalik cheklanadi

'Bir nechta onlayn davlat xizmatlarini ko`rsatish vaqtinchalik cheklanadi'ning rasmi

21–24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali joylashgan server qurilmalarini "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasining Ma`lumotlarni qayta ishlash markaziga ko`chirish hamda Soliq qo`mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va serverlar imkoniyatlarini kengaytirish munosabati bilan 21 mart soat 21:00 dan 23 mart soat 09:00 ga qadar Davlat xizmatlarini ko`rsatish tizimi, "Notarius" avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Lisenziya va Tadbirkorlik subektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish tizimlari orqali xizmat ko`rsatish imkoniyatlari vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, qo`shimcha ma`lumotlar va savollar bo`yicha "1008" va “1148” raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

 

    Boshqa yangiliklar