AsosiyJamiyat

Toshkentda yuqori tezlikda yurgan mashinalar jarimaga tortilmoqda

'Toshkentda yuqori tezlikda yurgan mashinalar jarimaga tortilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtning Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko`chasida davlat raqam belgisi 01 X 080 KB bo`lgan Tahoe rusumli avtomashinasi hamda davlat raqam belgisi 01 U 081 DS bo`lgan BYD rusumli avtomashinasi haydovchilari o`zi va o`zgalarning hayotini xavf ostiga qo`ygan holda yuqori tezlikda soatiga 170-180 km/s tezlikda harakatlanganligi aks etgan videolar tarqaldi.

Ushbu holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilib Tahoe avtomashina haydovchisi 1998 yilda tug`ilgan Axror ismli shaxsga hamda BYD rusumli avtomashina haydovchisi 1989 yilda tug`ilgan Sirojiddin ismli shaxslarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJTKning 128³-moddasi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va haydovchilar bilan profilaktik suhbat olib borilgan. 
 

 

    Boshqa yangiliklar