O`zgidromet xabar berishicha, 22 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-10, kunduzi 12-14 daraja iliq bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 17-22 daraja iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo`ladi.
21-22 mart kunlari O`zbekistonning tog`oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
21-27 mart kunlari O`zbekistonning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor.






