Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Moskvada sodir etilgan terakt munosabati bilan Rossiya Federasiyasi Federal Majlisi Federasiya Kengashi Raisi Valentina Matvienko va Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodinga ta`ziya maktubini yo`lladi.
“Krokus Siti Xoll" konsert zalida yuz bergan terrorchilik xuruji oqibatida ko`plab begunoh insonlarning hayotdan ko`z yumgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Oliy Majlis Senati va shaxsan o`z nomimdan Sizga va marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman.
Biz tinch aholi vakillariga qaratilgan har qanday hujumni keskin qoralaymiz. Barcha jarohat olganlar tez fursatda sog`ayib ketishini tilaymiz”, — deyiladi maktubda.






