Ostona shahrida 8-11-sinf o`quvchilari uchun o`tkazilgan “Astana Open” xalqaro festivalida Qozog`iston va O`zbekistondan jami 27 maktab jamoalari ishtirok etdi.
Ikki kunlik festival doirasida Musiqiy xamsa, Erudit-kvartet, Shaxsiy o`yin va “Zakovat” bo`yicha bellashuvlar olib borildi. Quvonarlisi festival doirasida “Zakovat” o`yinida 1-o`rinni Pop tumanidagi 67-IDUMning “Geksagon” jamoasi egalladi.
E`tiborlisi, mazkur jamoa 2023 yili Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilari o`rtasidagi “Zakovat” turnirida ham 1-o`rinni qo`lga kiritgan edi. Shuningdek, “Zakovat” o`yinida 3-o`rinni ham O`zbekistondan borgan jamoa - Sehriyo School maktabining Vorpal Swords jamoasi egalladi.
O`zbekistonning yana bir jamoasi - International Talent Academy ta`lim muassasasining “Akademiya talantov” jamoasi Erudit-kvartet bahslarida 3-o`rinni qo`lga kiritdi. Yurtdoshlarimiz Shaxsiy o`yin bahslarida ham medallarni qo`lga kiritdi. 2- va 3- o`rinlar “Akademiya talantov” jamoasi a`zolari - Egor Dyomin hamda Sofya Korzikka nasib etdi.
Aytish joizki, musobaqada sovrindor bo`lgan har uchala jamoa ham “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan o`tkazib kelinadigan “Zakovat” bo`yicha O`quvchilar ligasi, "Zakovat: Shkolnaya liga" va boshqa bir qator musobaqalarda muntazam qatnashib, yuqori o`rinlarni egallab keladi.
Namanganlik o`quvchilari “Astana Open” xalqaro turnirida g`alaba qozondi






