AsosiyJINOYAT

Farg‘ona va Namanganda yirik miqdorda giyohvand moddalar musodara qilindi.

Har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

'Farg‘ona va Namanganda yirik miqdorda giyohvand moddalar musodara qilindi.'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlari hamkorligida Farg‘ona hamda Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona tumani Log‘on MFYdagi xonadonlardan biri belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida 2000 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli 993 gramm “gashish” va 212 gramm “Alfa-PVP” giyohvand moddalari, shuningdek, 2728 dona “Regapen” va 458 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Shu bilan birga, Namangan viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda “Toshkent — Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Spark” rusumli avtomashina Chust tumani hududida to‘xtatilib tekshirildi. Avtomobilda ketayotgan Namangan shahrida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan shaxs hamda Davlatobod tumanida istiqomat qiluvchi 1997 yilda tug‘ilgan fuqarodan 1 kilogramm 127 gramm “opiy” moddasi olindi.

    Boshqa yangiliklar