AsosiyDunyo

Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi

'Turkiyada muxolifat Erdo`g`onning partiyasini mag`lub etdi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyatlarga saylovlar bo`lib o`tdi. Bayonnomalarning 93 foiz sanab chiqilganda, Respublika xalq partiyasi 37,4 foiz, hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi 35,7 foiz ovoz to`pladi, deb yozdi “Anadolu”.

Muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi 20 yil ichida ilk bor hukmron partiyani mag`lub etdi.

Saylov natijalaridan keyin uch yirik shahar – Anqara, Istanbul va Izmirning muxolif merlari o`z o`rinlarini saqlab qoladilar.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on o`zining “Adolat va taraqqiyot” partiyasi munisipal saylovlarda kutilgan natijalarga erisha olmaganini aytdi.

“Afsuski, munisipal saylovlarda biz xohlagan va umid qilgan natijaga erisha olmadik”, dedi Erdo`g`on Anqarada o`z tarafdorlariga.

Erdo`g`on fikricha, xalq o`z pozisiyasini saylov qutisi orqali siyosatchilarga etkazadi va ovoz berish natijalari qanday bo`lishidan qat`i nazar, turk demokratiyasi g`olibdir. Prezident saylov jiddiy hodisalarsiz yakunlanganini ta`kidladi. Uning so`zlariga ko`ra, ular "oxiri emas, balki burilish nuqtasining boshlanishi" bo`ldi.

Davlat rahbari yaqin 4-5 yil ichida uning partiyasi asosiy e`tiborni mamlakatdagi dolzarb muammolarga qaratishga va`da berdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar