AsosiyJinoyat
1876

Samarqandda fuqaroni pul evaziga Isroilga ishga yuborishini va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Samarqandda fuqaroni pul evaziga Isroilga ishga yuborishini va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Samarqand tumani bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Unda fuqarolar U.R., Z.M. va A.S. fuqaro H.Sh.ni 18 000 AQSh dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni va`da qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shahrisabz shahar bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.K. 4 nafar fuqaroni Turkiya davlati orqali Nikaragua davlatiga ishga yuborishini va`da qilib, jami 35 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar