AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda yashirin sex borligi aniqlandi

'Qashqadaryoda yashirin sex borligi aniqlandi'ning rasmi

Qashqadaryodagi alkagol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyatiga chek qo`yildi.  Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy alkagol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sex faoliyatiga chek qo`yilgan. 

Shahrisabz tumanining “Istiqbol” mahallasidagi xonadonlardan birida Shahrisabz shahrida yashovchi fuqarolar Q.Sh, R.J, J.S, J.I,  S.I va R. Jlar noqonuniy ravishda qo`lbola aroq ishlab chiqarish maqsadida yashirin sex tashkil qilgani aniqlanib, o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etilgan.

Yashirin sexdan 34 dona 20 litr sig`imdagi idishga solingan jami 680 litr spirt, turli hajm va nomdagi aroq mahsuloti, aksiz markalar, “Q-kod” yorliqlari, shisha qopqoqlari,  tarozi, shisha qopqog`ini maxkamlash uchun mo`ljallangan stanok, blok yasash uchun stanok, sana qo`yish uchun muxr, gaz balon - jami 535.428.000 so`mlik mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan  tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar