1

Tojikiston va Qirg`izistondan o`tkazilayotgan “geroin" va psixotrop moddalar chegarada fosh etildi

Jinoyat 23.04.2024, 10:43
Tojikiston va Qirg`izistondan o`tkazilayotgan “geroin" va psixotrop moddalar chegarada fosh etildi

Giyohvandlik vositalarining kontrabandasiga qarshi kurashish doirasida DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bir nechta noqonuniy holatlarga chek qo`yildi. Bu haqida DXX matbuot xizmati darakchi.uz`ga ma`lum qildi.

Jumladan, “o`zbek-tojik” davlat chegarasining Samarqand viloyati Urgut tumani Chep qishlog`i hududidan o`tgan qismida, noma`lum shaxslar tomonidan Tojikiston Respublikasidan olib kelinib, qoldirib ketilgan 980 gr. “geroin” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Hozirda ushbu giyohvandlik vositasi egalarining shaxsiga aniqlik kiritish bo`yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Andijon viloyatida kuzatilgan holatda, Qo`rg`ontepa tumanining Qorasuv shahrida yashovchi, 1996 y.t., muqaddam sudlangan shaxs tarkibida “Pregabalin” kuchli ta`sir qiluvchi moddasi bo`lgan 30.000 dona “Nervegesic” nomli dori vositasini Qirg`iz Respublikasidan davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda o`tkazgan vaqtida ushlandi.

Bunday qonunbuzilishi Namangan viloyatida ham qayd etilib, unda 3121 dona “Tropikamid” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini Qirg`iz Respublikasidan kontrabanda yo`li bilan Kosonsoy tumani hududiga o`tkazgan vaqtlarida 1992 va 1993 yillarda tug`ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Shuningdek, ularning 1988 va 1993 yillarda tug`ilgan 2 nafar jinoiy sheriklari ham prosessual tartibda ushlandi. 

Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1