1

O`zbekistonliklar benzin-gaz, sayohat va oziq-ovqat uchun ko`proq pul sarflamoqda

Jamiyat 24.04.2024, 19:21
O`zbekistonliklar benzin-gaz, sayohat va oziq-ovqat uchun ko`proq pul sarflamoqda

Xarid cheklar bo`yicha benzin-gaz, sayohat va oziq-ovqat uchun ko`proq pul sarflanmoqda. Bu haqda Soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, fiskal cheklar to`g`risidagi ma`lumotlar avtomatik Soliq qo`mitasi ma`lumotlar bazasida ko`rinadi.

2024 yilning I choragida o`tkazilgan tahlillarga ko`ra,quyidagi mahsulotlar eng ko`p sotilgan:

- Metan gaz - umumiy realizasiya summasi 3,4 trln so`mlik;

- Benzin AI-80 - 2,6 trln so`m;

- Avia chipta (xalqaro) - 2,3 trln so`m;

- Benzin AI-92 - 1,2 trln so`m;

- 1-navli bug`doy uni - 1,1 trln so`m;

- Uyali telefonlar - 638,3 mlrd so`m;

- Fast-food – 613 mlrd so`m;

- Kungaboqar yog`i - 543,1 mlrd so`m;

- Asosiy go`shtli taomlar - 470,2 mlrd so`m;

- Pishiriqlar - 427,4 mlrd so`m;

- Sigaretlar (PallMall, VEGASNIGHTS) - 418,1 mlrd so`m;

- Alkogolsiz ichimliklar - 399,4 mlrd so`m;

- Mehmonxona xizmatlari - 394,9 mlrd so`m;

- Shakar - 378,5 mlrd so`m;

- Propan gaz - 374,5 mlrd so`m.

 

Reklama

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1