Ijtimoiy tarmoqlarda so`kinayotgan mansabdorning videosi tarqaldi.
Xabarlarda ushbu shaxsni Surxondaryo viloyat "Avtoyo`l" rahbari M.Allamurodov ekanligi aytilgan.
O`zbekiston Transport vazirligi tasarrufidagi Avtomobil yo`llari qo`mitasining rasmiy saytida joylashtirilgan ma`lumotnomada haqiqatdan, ayni paytda Allamuradov Muhammadali Xayitalievich qo`mitaning Surxondaryo viloyat bosh boshqarmasi boshlig`i vazifasini vaqtinchalik bajarib kelayotganligini ko`rsatmoqda.
Tarqalgan xabarlarda M.Allamurodov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar davlat xizmatlarida umuman faoliyat olib bormaganligi ta`kidlangan.
Hozircha holat bo`yicha rasmiy munosabat berilmadi.