AsosiyJinoyat

Samarqandda 1 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona aniqlandi

'Samarqandda 1 mlrd so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Past Darg`om tuman bo`limi tomonidan IIB, “O`zenergoinspeksiya” va GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o`tkazilgan. Bu haqda Bosh Prokuratura departamenti ma`lum qildi. 

Unda, “Nayman”  MFY hududidagi xonadonda yashovchi G`.X. o`ziga qarashli issiqxonaga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida 20 dona qo`lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o`zboshimchalik bilan o`rnatib, jami 688,9 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Shu kabi, “Qozoq-Nayman” mahallasi hududidagi xonadonda yashovchi X.Sh. o`ziga tegishli issiqxonada qo`lbola usulda yasalgan isitish uskunalarini o`rnatib, 329,6 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Departamentning Bo`ston tuman bo`limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o`tkazilgan.

Unda, T-I. MChJ mas`ul shaxslari tuman elektr ta`minoti korxonasi mas`ul shaxslari bilan o`zaro til biriktirib, MChJga qarashli binoda nazorat muhri bo`lmagan elektr hisoblagichni o`rnatib, jami 105,2 mln so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar